Aholini ro‘yxatga olish jarayonida talabalar qaysi manzilda ro‘yxatga olinadi?

Aholini ro‘yxatga olish jarayonida talabalar qaysi manzilda ro‘yxatga olinadi?

2025-yil 15-yanvar kuni soat 00:00 dan Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi.

 

Mazkur bosqich doirasida 17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

 

Kimlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin?

 

Onlayn roʻyxatdan oʻtish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijda vaqtincha boʻlib turgan vatandoshlarimiz uchun ham mavjud boʻlib, ular istalgan joyda yagona identifikatsiya tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish imkoniyatiga ega.

 

Mazkur jarayonda talabalar qaysi manzilda ro‘yxatga olinadi?

 

Talabalar o‘zlari o‘qish davomida yashab turgan manzilda (aholi punktida) ro‘yxatdan o‘tadilar.

 

— Agar talaba oliy ta’lim muassasasi yotoqxonasida yashasa — u holda shu yotoqxona manzili bo‘yicha ro‘yxatga olinadi.

 

— Agar talaba ijara uyda yoki qarindoshining uyida yashasa — u holda ayni shu manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tadi.

 

Bu qoida barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga taalluqlidir.