Muhokama uchun e’lon qilingan Prezident Farmoni loyihasiga asosan pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida 2030-yilgacha:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqini 2 baravar oshirish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining malakasini uzluksiz oshirish orqali 500 ming nafar pedagog kadrlarni qamrab olish;
Ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tayyorlangan kadrlar ulushini 17 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Xususan, pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqini 2026-yilda 40 foizga, 2027-yilda 80 foizga, 2028-yilda 120 foizga, 2029-yilda 160 foizga hamda 2030-yilda 200% ga yetkazish loyihaga kiritilgan.

