Malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi

Malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi

Avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish bugundan boshlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʻlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktabrga qadar roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

Murojaatlar:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

– Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedkadr.uzedu.uz platformasi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠

– Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠⁠