Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha navbatdagi imtihonning yozma qismi — 10-11-yanvar kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 12-16-, 19-23-, 26-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining «Mening arizalarim» bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

 

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

 

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

 

Muhim: Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya) bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.