Fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishish tizimli tayyorgarlik, doimiy mashg‘ulot va puxta metodik yondashuvni talab etadi. Ushbu jarayonda o‘quvchining to‘g‘ri yo‘naltirilishi va zamonaviy ta’lim vositalaridan oqilona foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi axborot makonida fan olimpiadalariga tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan ko‘plab bepul va samarali onlayn platformalar mavjud bo‘lib, ular orqali o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati yaratiladi. Quyida fan olimpiadalariga puxta tayyorgarlik ko‘rishda foydalanish mumkin bo‘lgan ayrim samarali onlayn platformalar jamlangan.
Matematika fanidan:
– Art of Problem Solving – www.artofproblemsolving.com (AoPS) — olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan;
– Coursera – www.coursera.org — Matematika, fizika, biologiya, kimyo kabi fanlardan chuqur darslar.
Fizika fanidan:
– PhO – https://pho.rs/ — Fan olimpiadalari ishtirokchilari, ayniqsa fizika bilan shug‘ullanuvchilar uchun mo‘ljallangan xalqaro platforma;
– Physolymp — https://physolymp.com/ — Xalqaro va mahalliy olimpiadalarga mustaqil tayyorgarlik ko’rish uchun;
– Phet — https://phet.colorado.edu/ — fizikadagi masalalarni visual tasavvur qilish uchun.
Kimyo fanidan:
– ChemCollective – www.chemcollective.org — Virtual laboratoriyalar, kimyoviy tahlillar va masalalar jamlanmasi;
– Royal Society of Chemistry – www.rsc.org/learn-chemistry — Dars materiallari, tajriba videolari, testlar va laboratoriya topshiriqlari (“Olimpiadalar” bo‘limi ham mavjud!)
Biologiya fanidan:
– LibreTexts — https://bio.libretexts.org/ — Biologiya fanidan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish uchun;
Microbe Notes — https://microbenotes.com/ — Biologiya fanidan amaliy bilimlarni chuqurlashtirish uchun.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan:
– CSES — CSES.fi — Standart algoritmlarni mustahkamlash uchun 300 ta eng saralangan masala to‘plami;
– Robocontest — Robocontest.uz — O‘zbek tilidagi eng katta baza. Milliy olimpiadalarga tayyorlanish uchun ayni muddao.
– Algorithms for Competitive Programming — CP-Algorithms.com — Algoritmlar nazariyasi bo‘yicha eng chuqur ma’lumotlar bazasi.
