Yana bir navoiylik o‘quvchi muddatidan avval 189 ballni naqd qildi

Yana bir navoiylik o‘quvchi muddatidan avval 189 ballni naqd qildi

Navoiy viloyati, Zarafshon shahri 1-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Ne’matova Shahrizoda 5 ta fandan milliy sertifikatlarni olib, muddatidan oldin talaba bo‘lish imkoniga ega bo‘ldi.

 

Kimyo – 65.17 ball (A)

 

Biologiya – 69.68 ball (A)

 

Rus tili va adabiyoti – 62.9 ball (B+)

 

Tarix – 56.38 ball (B)

 

Matematika – 50.54 ball (C+)

 

Avvalroq, Farg‘onada maktab bitiruvchisi 5 ta fandan milliy sertifikatlarni olib, muddatidan oldin talaba boʻlgani haqida xabar bergan edik.

 

Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

65 – 69,9 ball — A daraja;

60 – 64,9 ball — B+ daraja;

55 – 59,9 ball — B daraja;

50 – 54,9 ball — C+ daraja;

46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

 

  • A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
  • B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
  • A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

 

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.