Fan olimpiadalari markazi tomonidan oʻtkazilgan matematika fanidan qizlar oʻrtasida xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqichi natijalari markazlashgan holda Toshkent shahrida tekshirilgan hamda dastlabki natijalari shakllantirilgan.
Quyidagi havola orqali matematika fanidan DASTLABKI NATIJALAR bilan tanishish mumkin:
Dastlabki natijalar yuzasidan ishtirokchilar apellyatsiya topshirishlari mumkin.
Apellyatsiya tartibi:
— apellyatsiya baholash mezoni asosida aniq boʻlishi va izohlab berishi maqsadga muvofiq;
— apellyatsiya arizani yuborish muddati — natijalar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat.
Apellyatsiyani ushbu havola orqali yuborish mumkin!
Eslatma: Belgilangan muddatdan soʻng yuborilgan murojaatlar koʻrib chiqilmaydi.
