Qozogʻistonda maktabni bitirganiga 20-yil boʻlgan sinfdoshlar qishlogʻiga Eyfel minorasining 30 metrlik versiyasini oʻrnatib bergani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog’istonda maktabni 20 yil avval bitirgan insonlar yubiley munosabati bilan qishlog’iga Eyfel minorasining kichikroq variantini o’rnatib bergani haqida video tarqaldi. Ma’lumotlarga ko’ra, bu ularga 95,5 ming dollarga tushgan.
Maʼlum boʻlishicha, oʻsha qishloqda har yili bitiruvchilar yubiley munosabati bilan nimadir qurish an’anasi bor. Xiyobon, bolalar maydonchasi, sport kompleksi va mana shunday turli narsalar qishloq ahli tomonidan qurilgan.
Avvalroq, Xorazmda 11-sinf bitiruvchi o’quvchilar ustozlariga bir xonali uy sovg’a qilmoqchi bo’lishgani haqida xabar bergan edik.
