Xorazmda 11-sinf bitiruvchilari o‘qituvchisiga 1 xonali uy sovg‘a qildimi?

Xorazmda 11-sinf bitiruvchilari o‘qituvchisiga 1 xonali uy sovg‘a qildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda xorazmlik maktab o‘quvchilari ota-onalari bilan birgalikda ustoziga 227 million so‘mlik bir xonali kvartira topshirgani aks etgan video tarqaldi.

 

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasidagi manbalarining ta’kidlashicha, bolalar shunchaki uyning narxini surishtirgan, xolos. Uni sotib olgani va ustoziga sovg‘a qilgani haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.

 

Ma’lumot uchun, avvalroq, Toshkentdagi maktablardan birida oʻquvchini kaltaklagan oʻqituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atilgan edi.

 

Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosovning ma’lum qilishicha, bugun, 25-may kuni oʻqituvchiga nisbatan ochilgan mazkur jinoyat ishi tugatilgan.