Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan qo‘shimcha yoki ko‘chirilgan dam olish kunlari nazarda tutilmagan. 31-dekabr bayramoldi qisqartirilgan ish kuni bo‘ladi. 2026-yil 2-yanvar odatdagi ish kuni hisoblanadi.
Yakuniga yetayotgan yilning qolgan qismida O‘zbekistonda qo‘shimcha yoki boshqa sanaga ko‘chirilgan dam olish kunlari nazarda tutilmagan.
Mehnat kodeksining 187-moddasiga muvofiq, 31-dekabr – bayramdan oldingi kamida 1 soatga qisqartirilgan ish kuni bo‘ladi.
2026 yil 1-yanvar – payshanba Yangi yil bayrami sifatida dam olish kuni bo‘ladi.
2-yanvar – juma esa barcha xodimlar uchun odatdagi ish kuni hisoblanadi.
2026 yil 3-yanvar – shanba 5 kunlik ish haftasidagilar uchun odatiy dam olish, 6 kunlik ish haftasidagilar uchun esa odatiy ish kuni hisoblanadi.
4-yanvar – yakshanba barcha uchun odatdagidek dam olish kuni bo‘ladi.
Eslatma! Ma’lumotlarga ko’ra, Yangi yil bayrami munosabati bilan qo’shimcha dam olish kunlarini belgilash rejalashtirilgan. Bu bo’yicha Prezident qaror loyihasi ishlab chiqilgan va tasdiqlanishi kutilmoqda. Rasman tasdiqlanishi bilan qo’shimcha ma’lumot beriladi.
