Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari GRE, GMAT/GMAC, SAT xalqaro sertifikatlar uchun ustama toʻlanadimi?

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari GRE, GMAT/GMAC, SAT xalqaro sertifikatlar uchun ustama toʻlanadimi?

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori (roʻyxat raqami 3515)ga ilovada xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlangan.

 

Ushbu  roʻyxatning 4-bobida matematika fanidan GRE, GMAT/GMAC, SAT xalqaro sertifikatlar uchun ustama toʻlash belgilangan.

 

Ammo GRE, GMAT/GMAC, SAT xalqaro sertifikatlar uchun faqat yuqori sinflarda dars beruvchi aynan shu mutaxassislikka ega pedagoglarga ustama toʻlanadi. Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga ushbu xalqaro sertifikatlar uchun ustama toʻlanmaydi.

 

Boshlangʻich taʼlim mutaxassislari uchun faqat Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan berilgan ona tili va adabiyot va matematika milliy sertifikatlari (aynan shu fanga aloqador dars soatlari) uchun qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

 

Avvalroq, endilikda boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun alohida sertifikat tashkil etilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.