O‘zbekistonlik yoshlar olimpiadalarda umumiy 151 ta medalga ega bo‘lishdi

O‘zbekistonlik yoshlar olimpiadalarda umumiy 151 ta medalga ega bo‘lishdi

Ayni vaqtda nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Jarayonlarni jonli efir orqali kuzatish imkoniyati yaratilgan.

 

Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik yoshlar xalqaro ilm-fan maydonida tarixiy natija qayd etib, joriy yilning o‘zida 210 ta medalni qo‘lga kiritishgan.

 

2025-yilda o‘zbekistonlik o‘quvchilar qator xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan  eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda 13 ta medal (2 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza)ni qo‘lga kiritgan. 

 

Xususan:

 

– Birlashgan Arab amirliklarida 96 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida — 2 ta oltin, 2 ta kumush;

 

– Avstraliyada 105 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida — 4 ta kumush, 1 ta bronza;

 

– Boliviyada 90 dan ortiq davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro informatika olimpiadasida — 1 ta kumush, 1 ta bronza;

 

– Parij shahrida 96 ta davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro Fizika olimpiadasida — 2 ta bronza medallari sohibi bo‘ldi.

 

O‘quvchilar xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda umumiy 151 ta medalga ega bo‘lishdi. Xususan:

 

– Iordaniyada 62 ta davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro ingliz tili olimpiadasida — 7 ta kumush (5 ta kubok);

 

– Tailandda 50 ta davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro geografiya olimpiadasida — 2 ta bronza;

 

– Boku shahrida 42 ta davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida — 1 ta kumush, 1 ta bronza, shuningdek, 14 ta mintaqaviy olimpiadada umumiy hisobda 138 ta (27 ta oltin, 41 ta kumush, 70 ta bronza) medalni qo‘lga kiritdi.