Universitet yotoqxonasida faoliyat olib borgan narkokuryer talabalar qo’lga olindi

Universitet yotoqxonasida faoliyat olib borgan narkokuryer talabalar qo’lga olindi

Narkokuryerlik bilan shug’ullangan 2 nafar talaba ushlandi: ular universitet yotoqxonasidan taqiqlangan moddalar uchun “ombor” sifatida foydalangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” profilaktik tadbiri doirasida Toshkent shahri Yashnobod tumanida 2 nafar 1-bosqich talabasining yonidan 120 gr “Alfa PVP” sintetik giyohvandlik moddasi topildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tezkor tadbir davom ettirilib, 2007-yilda tugʻilgan talabaning vaqtincha yashab kelayotgan universiteti yotoqxonasi koʻzdan kechirilganda, 400 gr “Alfa PVP” borligi aniqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Maʼlum boʻlishicha, ular sintetik giyohvand moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan manzillarga yuborgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tezkor tadbirlar natijasida bir marotabalik 2 ming 600 ta dozaga teng boʻlgan jami 520 gr sintetik giyohvand moddalar noqonuniy muomalasining oldi olindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan ushbu talabalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga koʻra 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qoʻllanildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠