Oʻzbekistonda xorijiy OTMlar soni 30 taga yetgan — statistika

Oʻzbekistonda xorijiy OTMlar soni 30 taga yetgan — statistika

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025 oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 432 810 nafarni tashkil etgan.

 

Mazkur davrda respublikada faoliyat koʻrsatayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining umumiy soni (filiallar bilan birga) 222 tani, xorijiy OTMlar soni 30 tani tashkil etgan.

 

Talabalarning taʼlim shakli boʻyicha taqsimoti quyidagicha:

 

– kunduzgi taʼlim shakli – 707 287 nafar;

– kechki taʼlim shakli – 52 099 nafar;

– sirtqi taʼlim shakli – 673 424 nafar.

 

Avvalroq, Oʻzbekistonda 2024/2025 oʻquv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 10 943 tani, ularning 455 tasini nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari tashkil etishi haqida xabar bergan edik.

 

Shuningdek, 2024-yil yakuni boʻyicha Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 28 729 tani tashkil etgan.