Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi bitiruvchilari ba’zi faoliyatlar bilan shug‘ullanishlari mumkin

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi bitiruvchilari ba’zi faoliyatlar bilan shug‘ullanishlari mumkin

Faoliyat obyektlari:

 

– umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;

 

– Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;

 

– O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;

 

– tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy geografiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, geografiya ta’limi, iqtisodiyot sohalaridagi muammolar va ularning yechimlari sohalarida;

 

– davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.

 

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo’yicha ishlashlari mumkin:

 

– umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda geografiya, iqtisodiy bilim asoslari hamda tadbirkorlik asoslari fanlari o‘qituvchilari maqomida pedagogik faoliyat olib borish;

 

– o‘rta maxsus va professional ta’limda geografiya, iqtisodiy bilim asoslari hamda tadbirkorlik asoslari fanlari o‘qituvchilari sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

 

– O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;

 

– umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;

 

–  umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant;

 

–  kabinet mudiri.

 

Avvalroq, “Maxsus pedagogika” yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkinligi haqida xabar bergan edik.