Andijonda 10-sinf oʻquvchi qiz IELTSʼdan C1 va SATʼdan 1310 ballni qoʻlga kiritdi

Andijonda 10-sinf oʻquvchi qiz IELTSʼdan C1 va SATʼdan 1310 ballni qoʻlga kiritdi

Andijon viloyati Andijon tumanidagi 44-maktabning 10-sinf oʻquvchisi Tohirova Ominaxon IELTSʼdan C1 (8 ball) va SATʼdan 1310 ballik natijani qoʻlga kiritdi.

 

Ominaxonning IELTS imtihonidagi natijasi quyidagicha:

 

Reading: 9

Listening: 8,5

Speaking: 7

Writing: 7

 

Andijonda 10-sinf oʻquvchi qiz IELTSʼdan C1 va SATʼdan 1310 ballni qoʻlga kiritdi

 

 

SATʼdan esa quyidagicha natijani qayd etgan:

 

Math: 700

Reading and writing: 610

 

44-maktab direktori Dilfuzaxon Sotvoldiyevaning fikriga koʻra, Tohirova Ominaxon tirishqoq va oʻz ustida ishlashdan charchamasligi bilan boshqa oʻquvchilardan ajralib turadi. U har doim ilm olishga, yangi narsalarni oʻrganishga harakat qiladi.

 

Direktorning maʼlumot berishicha, ushbu maktabda bir nechta umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar ham koʻpchilikni tashkil etadi.

 

Shuningdek, ushbu maktab Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovida ishtirok etib, tuman bosqichida 1-oʻrinni egallab, 100 million soʻm pul mukofotiga ega boʻlgan.