Attestatsiyada mutaxassis sifatida qatnashgan pedagoglarga ham 70 foiz ustama toʻlanadimi?

Attestatsiyada mutaxassis sifatida qatnashgan pedagoglarga ham 70 foiz ustama toʻlanadimi?

Savol: Kuzgi attestatsiya testlarida mutaxassis sifatida qatnashib, 86 va undan yuqori natija qayd etgan pedagoglarga ham 70 foiz ustama toʻlanadimi?

 

Javob: Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimiga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bir qancha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Jumladan:

 

– pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va malaka toifalari berish tizimi xalqaro eʼtirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan oʻtkazilgandan soʻng attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qoʻshimcha 70 foiz ustama belgilandi.

 

Bunda qoʻshimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi. Belgilangan darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlganligi sababli navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan berilgan maksimal ball eʼtiborga olinmaydi.

 

Ushbu pedagoglar hamda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan malaka toifasiga ega pedagog kadrlar oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish orqali ustamaga ega boʻlishlari mumkin.

 

Ustamaning amal qilish muddati ikki yil boʻlib, muddat yakunlangandan soʻng ustama uchun sinovlarda qayta ishtirok etish mumkin.

 

Eslatma! Bahorgi attestatsiyada 86 ballik natija bilan malaka sertifikatini olgan, oliy hamda birinchi malaka toifasiga ega boʻlgan jami 4 198 nafar pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar toʻlab berilmoqda.