Avvalroq, Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim diplomlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuv imzolagani haqida xabar bergan edik.
Nimalar o‘zgaradi?
— Endilikda bitiruvchilar mintaqa davlatlarida bemalol ishlashi, amaliyot o‘tashi va o‘qishni davom ettirishi mumkin.
— To‘rt davlat (O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston) barcha ishtirokchi mamlakatlar diplomlarini qabul qiladi.
— Qozog‘iston esa faqat QS, THE yoki ARWU reytinglarida birinchi 1000 talikka kirgan OTM diplomlarini tan oladi.
Shuningdek, tomonlar oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan diplomlarni ularda ko‘rsatilgan o‘qitish, mutaxassislik va malaka sohalariga muvofiq professional faoliyat bilan shug‘ullanish, stajirovka o‘tash va ta’limni davom ettirish huquqini beruvchi hujjatlar sifatida tan oladilar.
Eslatma: Istisno holatlar
Diplom quyidagi holatlarda tan olinmaydi:
— diplom yoki uning ilovasi to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa;
— ma’lumotlarda chalkashlik bo‘lsa;
— hujjat rasmiy namunaga mos bo‘lmasa yoki rasmiy tasdiqlanmagan bo‘lsa;
— universitet diplomning haqiqiyligini tasdiqlamasa.
Izoh: Agar yaqin kunlarda ushbu ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida e’lon qilinsa, Markaziy Osiyo davlatidagi o’zbek talabalari bemalol o‘qib, o‘qishni tugatish mumkin va diplomlar bevostida tan olinadi. Hozirda xorijdagi TOP-1000 talikka kirmagan OTMlar diplomlari O’zbekistonda nostrifikatsiya (test sinovlari asosida) qabul qilinadi.
