Kanada talaba vizalarini berishni ikki baravardan ko‘proq qisqartirishni rejalashtirmoqda

Kanada talaba vizalarini berishni ikki baravardan ko‘proq qisqartirishni rejalashtirmoqda

2028-yilga borib Kanada chet elliklar uchun o‘qish ruxsatnomalarini 50 foizdan ko‘proq qisqartirib, yiliga 150 mingtagacha tushirishni rejalashtirmoqda. Hukumat bu yangi maqsadlarni allaqachon federal byudjet loyihasiga kiritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2024-yilda Kanadaga vaqtinchalik migratsiya eng yuqori darajaga yetib, mamlakat aholisi sonining 7,5 foizini tashkil qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu 2018-yildagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Immigratsiya, qochqinlar va fuqarolik vazirligi vaqtinchalik rezidentlar, jumladan, talabalar — ulushini 2027-yilga borib kamida 5 foizgacha tushirishni maqsad qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunday siyosat universitetlar orasida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kanada ketma-ket ikkinchi yil chet eldan kelayotgan talabalar soniga cheklov qo‘ymoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu jarayon uy-joy bozori, sog‘liqni saqlash tizimi va iqtisodiyotning boshqa sohalariga tushayotgan bosimni kamaytirish maqsadida qabul qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2025-yil boshida talaba vizalarining limiti 437 mingta etib belgilangan edi — bu o‘tgan yilga nisbatan 10 foiz kam.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shunga qaramay, 2025-yilning birinchi yarmida mamlakatga kelgan chet ellik talabalar soni 2024-yildagidan 60 foizga kamaygan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, kanadalik qonunchilar yangi taklif kiritdilar.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unga ko‘ra, agar jamoatchilik manfaatlari talab qilsa, talaba vizalarini bekor qilish yoki ularni vaqtincha to‘xtatib turish imkoniyati yaratilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Kanada immigratsiya vaziri Lena Diab bunday qat’iy choralarni vizalar bilan bog‘liq firibgarlikning ko‘payishi bilan izohladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kanada universitetlari vakillarining ta’kidlashicha, talaba vizalarini keskin qisqartirish va amaldagi ruxsatnomalarni bekor qilish ehtimoli chet elliklarni jalb qilish tizimiga salbiy ta’sir qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bundan tashqari, xorijiy talabalar sonining keskin kamayishi “demografik bo‘shliq”ga olib kelishi mumkin — ya’ni yangi talabalar soni bitiruvchilarga nisbatan sezilarli darajada kamayadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, yangi byudjet loyihasida ta’limni qo‘llab-quvvatlash choralariga ham e’tibor qaratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Xususan, hukumat keyingi 13 yil davomida 1,7 milliard Kanada dollarini ($1,2 mlrd) chetdan keladigan tadqiqotchilar, doktorantlar va yosh olimlarni jalb qilishga ajratishga tayyor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, AQShning H-1B vizasiga ega mutaxassislar — masalan, muhandislar, arxitektorlar, dasturchilar — uchun o‘qish ruxsatnomalarini tezlashtirilgan tartibda berish tizimi joriy etilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, 2025-yilda Kanada talabalik vizasi uchun arizalarning 62 foizi rad etilganligi va bu esa so‘nggi o‘n yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanishi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠