Xorijda sirtqi ta’limda o‘qiyotgan xodimga o‘quv ta’tili berilmaydimi?

Xorijda sirtqi ta’limda o‘qiyotgan xodimga o‘quv ta’tili berilmaydimi?

Savol: Assalomu alaykum. Tojikiston Respublikasida oʻqiyotgan xodimga oʻqish taʼtili oʻrtacha ish haqi saqlangan holda berilishi toʻgʻrimi? Meni prokuratura tekshirgani kelganda notoʻgʻri deb ketishdi pulini qaytartirasiz deyishdi.

 

Mehnat kodeksining 385-moddasiga ko‘ra, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari beriladi.

Demak, e’tibor bering, mehnat kodeksining 385-moddasida “oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlari” deyilgan.

Birinchidan, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarining mulkchilik shaklining ham ahamiyati yo‘q. Mehnat kodeksining 385-moddasi davlat va xususiy oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlariga ham taalluqli.

Ikkinchidan, mehnat kodeksining 385-moddasi nafaqat   O‘zbekiston Respublikasining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlariga, balki xorijiylarga ham taalluqli.

Agar aynan O‘zbekiston Respublikasining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlari nazarda tutilganda edi, bu normada to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilar edi.

Masalan, Soliq kodeksi 378-moddasi 16-bandiga ko‘ra soliq to‘lovchining quyidagilarga yo‘naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari:

“…O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov. Mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.”

Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, Mehnat kodeksining 385-moddasi nafaqat O‘zbekiston Respublikasining, balki xususiy, shu jumladan xorijiy oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlariga ham taalluqli ekan.

Mehnat kodeksining  386-moddasiga ko‘ra, ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar 1-marta tegishli darajadagi ta’lim olayotganda beriladi.
Ya’ni sodda qilib aytganda, 2-mutaxassislikka o‘qiyotgan xodimlarning  o’rtacha oylik  ish haqi saqlanmaydi.
Lekin ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan alohida kelishuvga muvofiq ta’lim olishga yuborilgan xodimlarga mazkur kafolatlar taqdim qilinishi mumkin.

Xorijda sirtqi ta’lim