Vazirlar Mahkamasining tegishli (30.09.2019 yil 823-son) qarori bilan «Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida»gi nizom tasdiqlangan.
Unga ko’ra, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy ragʻbatlantirish va moddiy yordam berish boʻyicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi
Ishchi guruh oʻziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, har yili 1-iyulga qadar umumtaʼlim muassasasining har bir pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatini baholaydi va navbatdagi oʻquv yili uchun yuqori natija koʻrsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini belgilaydi.
Eslatma! Mazkur jamgʻarma umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻquvchilarga taʼlim beradigan barcha tur va nomdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda maktab-internatlarda tashkil etiladi. Jamgʻarma Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan umumtaʼlim muassasasi mehnatga haq toʻlash fondining 15%i miqdorida shakllantiriladi.
