4-chorak yakuni bo‘yicha summativ baholash sinovlari o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati

4-chorak yakuni bo‘yicha summativ baholash sinovlari o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 24-apreldagi 158-son buyrug‘i 4-ilovasiga ko‘ra, baholash jarayonlari joriy yil 16-may kuni an’anaviy shaklda o‘tkazilishi belgilangan umumta’lim maktablarining ro‘yxati tasdiqlandi.

 

2025/2026-o‘quv yili IV chorak yakuni bo‘yicha summativ baholash sinovlari 13–21-may kunlari tashkil etiladi.

 

Sinov jadvali:

 

  • 5-sinf – 13-may — onlayn
  • 6-sinf – 14-may — onlayn
  • 7-sinf – 15-may — onlayn
  • 8-sinf – 16-may — onlayn
  • 9-sinf – 18-may — onlayn
  • 10-sinf – 19-may — onlayn
  • 11-sinf – 20-may — onlayn
  • 21-may — yetarli ball to‘play olmagan yoki qatnasha olmagan o‘quvchilar uchun qayta sinov

 

Muhim eslatmalar: onlayn sinovlarda o’quvchilar o’z sinfiga ajratilgan sanada emaktab.uz platformasiga kirib, sinovda qatnashadi.

 

Test va topshiriqlar belgilangan vaqt ichida bajarilishi lozim.

 

Maktablar ro‘yxati — Faylni yuklash