Prezidentning 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393 son qaroriga koʻra, har bir tuman (shahar)da bitta umumiy oʻrta taʼlim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
“Jasorat maktablari”da:
– matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi;
– oʻqish uchun oʻquvchilarni saralash 5-sinfdan boshlab amalga oshiriladi;
– robototexnika, kelajak oʻyinlari, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik, milliy sport oʻyinlari kabi toʻgarak mashgʻulotlari oʻtkaziladi;
– oʻquv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashgʻulotlar olib boriladi.
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab “Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosi boʻlgan bir nafar oʻquvchiga oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.
