Boshlangʻich taʼlim o‘qituvchilari ham bugungi attestatsiyada yuqori natijalarni qayd etishdi

Boshlangʻich taʼlim o‘qituvchilari ham bugungi attestatsiyada yuqori natijalarni qayd etishdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

 

Mazkur sinovlarda 3–7-noyabrga qadar umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari ishtirok etadilar. Bugun, 4-noyabr ushbu fan pedagoglari uchun attestatsiyaning 2-kuni.

 

 

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabariga ko’ra, bugungi attestatsiya sinovlarida quyidagi o‘qituvchilar yuqori natijalarni qayd etishgan:

 

 

– Toshkent tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Dilnoza Alimova toifa sinovida 92 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga;

 

– Bekobod shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Navbahor Alimova toifa sinovida 90 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga;

 

– Chirchiq shahridagi 21-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Yulduzxon Yusupova toifa sinovida 90 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga;

 

– Bo‘ka tumanidagi 31-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Ma’mura Mahmudova toifa sinovida 88 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga;

 

– Bo‘ka tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Dilafruz Razzaqova toifa sinovida 88 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga;

 

– Bekobod shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Oqila Esonova toifa sinovida 86 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga;

 

– Bekobod shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Aziza G‘afurova 86 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga;

 

– Bekobod shahridagi 31-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Zulfya Amanqulova 86 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga da’vogarlik qilmoqda.