Xabaringiz bor, ayni kunlarda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur sinovlarda 3–7-noyabrga qadar umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari ishtirok etadilar. Bugun, 4-noyabr ushbu fan pedagoglari uchun attestatsiyaning 2-kuni.
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabariga ko’ra, bugungi attestatsiya sinovlarida quyidagi o‘qituvchilar yuqori natijalarni qayd etishgan:
– Toshkent tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Dilnoza Alimova toifa sinovida 92 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga;
– Bekobod shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Navbahor Alimova toifa sinovida 90 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga;
– Chirchiq shahridagi 21-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Yulduzxon Yusupova toifa sinovida 90 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga;
– Bo‘ka tumanidagi 31-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Ma’mura Mahmudova toifa sinovida 88 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga;
– Bo‘ka tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Dilafruz Razzaqova toifa sinovida 88 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga;
– Bekobod shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Oqila Esonova toifa sinovida 86 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga;
– Bekobod shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Aziza G‘afurova 86 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga;
– Bekobod shahridagi 31-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Zulfya Amanqulova 86 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga da’vogarlik qilmoqda.
