Tokio universiteti hamkorligida tashkil etilgan UTokyo Amgen Scholars Program dasturi ishtirokchilarga dunyoning yetakchi ilmiy markazlaridan birida tadqiqot olib borish imkoniyatini yaratadi. Dastur biologiya va unga yaqin yo‘nalishlarda ilmiy izlanish olib borishga qiziqqan, bakalavr bosqichining kamida birinchi kursini tamomlagan talabalar uchun mo‘ljallangan.
Dastur 8 hafta davom etadi. Ishtirokchilarning turar joy, oziq-ovqat, yo‘l xarajatlari va boshqa zarur to‘lovlari to‘liq qoplanadi. Shuningdek, har bir ishtirokchiga 280 000 yapon iyenasi miqdorida stipendiya ajratiladi.
Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-fevralgacha.
Dastur sanalari: 2026-yil 4-iyundan 6-avgustgacha.
Umumiy kvota: 10 nafar ishtirokchi.
Ishtirok etish shartlari:
– biologiya yoki unga yaqin yo‘nalishlarda tadqiqot olib borishga tayyor bo‘lish;
– bakalavr bosqichida (yoki unga teng ta’lim muassasasida) o‘qiyotgan va kamida 1-kursni tamomlagan bo‘lish;
– 2026-yil yozida o‘qishni tugatadigan talabalar qatnasha olmaydi (dasturdan so‘ng kamida 1 semestr o‘qish davom ettiriladi);
– yuqori o‘quv ko‘rsatkichlariga ega bo‘lish;
Ingliz tili ona tili bo‘lmaganlar quyidagi sertifikatlardan birini taqdim etishlari lozim:
-
-
TOEFL (iBT) — 72
-
IELTS — 5.5
-
Cambridge English FCE
-
TOEIC — 1095
-
TOEIC L&R — 785
-
TOEIC S&W — 310
-
– doktorantura bosqichida o‘qishni davom ettirish niyati bo‘lishi;
– dastur davrida boshqa kurslarda qatnashish yoki ishlash taqiqlanadi;
– dastur davomida to‘liq qatnashish, ma’muriyat belgilagan turar joyda yashash va barcha tadbirlarda ishtirok etish talab qilinadi;
– dastur yakunida tadqiqot natijalari bo‘yicha yozma hisobot topshiriladi.
Dastur afzalliklari:
– Tokio universiteti tomonidan Hongo kampusiga yaqin joyda joylashgan bepul turar joy bilan ta’minlanish;
– 280 000 yapon iyenasi miqdorida stipendiya olish;
– aviachipta xarajatlari qoplanadi;
– tadqiqot davomida soha bo‘yicha amaliy bilim va tajriba orttirish;
– seminarlar, munozaralar, kutubxona va sog‘liqni saqlash markazidan foydalanish imkoniyati;
– Yapon madaniyati bilan tanishish va ekskursiyalarda qatnashish.
Eslatma: Shaxsiy sabablarga ko‘ra parvozni bekor qilgan ishtirokchi aviachipta xarajatini qaytarishi lozim. Sog‘liq va sayohat sug‘urtasi ishtirokchi hisobidan amalga oshiriladi.
Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Hujjat topshirish
Dasturga hujjat topshirish jarayoni quyidagi 4 bosqichni oʻz ichiga oladi:
1. Kerakli hujjatlarni tayyorlash jarayoni:
– rasm;
– pasport yoki ID kartaning nusxasi;
– baholar transkripsiyasi;
– til bilish sertifikati;
– CV/Rezyumening soʻnggi varianti;
– tavsiyanoma;
– ariza topshirish jarayonida berilgan formaning toʻldirilgan hamda imzolangan nusxasi.
2. Profil yaratib, roʻyxatdan oʻtish jarayonini boshlash jarayoni:
Ushbu havola orqali kirib, profil ochish talab qilinadi. Undan soʻng, ochilgan sahifa ingliz tilida ekanligiga hamda barcha hujjatlar tayyorligiga ishonch hosil qilish lozim. Soʻng “Start my application” tugmasi orqali roʻyxatdan oʻtish jarayoni boshlanadi.
3. Tavsiyanomalarning yozilgan shaxs shaxs tomonidan grant maʼmuriyatiga joʻnatilishi, tasdiqlanishi hamda qabul qilinish jarayoni.
4. Hujjat topshirishni yakunlash jarayoni:
Barcha maʼlumotlar kiritilib, yakunlash bosilgandan soʻng, ariza “Application in progress” holatidan “Application completed” holatiga oʻtadi.
Muhim: Ariza topshirish jarayoni yakunlaganidan soʻng, unga oʻzgartirish kiritib boʻlmaydi.
Eslatma! Ariza topshirish jarayonida turli xil texnologiyalar hamda sunʼiy intellekt yordamidan foydalanish tavsiya qilinmaydi, har bir jarayon yoki hujjat nomzodlarning shaxsan oʻzlari tomonidan tayyorlanishi va yozilishi (tavsiyanomadan tashqari) lozim.
Tavsiyanomalarni joʻnatish hamda roʻyxatdan oʻtish jarayoni haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Dasturga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.
Dastur amalga oshiriladigan laboratoriyalar va loyiha mavzulari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dasturda qatnasha oladigan davlatlar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Tadqiqot oʻtkaziladigan laboratoriyalar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Asia Simpozium foto galereyasini ushbu havola orqali koʻrish mumkin. Dastur boʻyicha savollarni ushbu havola orqali yoʻllash mumkin.
Ariza yuborilgandan so‘ng unga o‘zgartirish kiritish mumkin emas. Ariza jarayonida sun’iy intellekt yoki texnologik vositalardan foydalanish. Barcha materiallar (tavsiyanomadan tashqari) nomzod tomonidan shaxsan tayyorlanishi kerak.
