Guy T. Carswell Scholarships – AQShning Wake Forest universiteti bakalavr bosqichiga qabul qilingan talabalarni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan dastur hisoblanadi. Dasturda yuqori akademik koʻrsatkichga ega, har tomonlama ilgʻor, qolaversa, ijtimoiy jihatdan faol, koʻplab yutuqlarga erishgan talabalar qatnashishlari mumkin. Har yili dastur uchun 5 nafar eng yaxshi nomzodlar saralab olinadi.
Dastur davomida talabalar bepul oʻqish bilan birga, turarjoy, oziq- ovqat va shaxsiy xarajatlari uchun qoʻshimcha mablagʻ bilan taʼminlanadilar.
Maqbullik shartlari
Dasturga qabul qilinish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
– nomzod Wake Forrest universitetining bakalavr bosqichiga qabul qilingan boʻlishi kerak;
– akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlishi lozim;
– ingliz tilini yaxshi bilishi shart;
– ijtimoiy jihatdan faol va liderlik qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
Talablar haqida batafsil ushbu havoladan bilib olishingiz mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturga qabul qilingan talabalar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
– oʻqish kontrakt toʻlovidan ozod etiladi;
– shaxsiy xarajatlar uchun yillik $3,400 mablagʻ beriladi;
– bepul turarjoy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
– tadqiqot xarajatlari uchun $5,000 ajratiladi.
Dasturning manfaatli tomonlari haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.
