Byudjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘larining yarmi maktablar va tibbiyotga yo‘naltiriladi

Byudjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘larining yarmi maktablar va tibbiyotga yo‘naltiriladi

Bugun, 27-oktyabr kuni Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokama qilindi.

 

 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston iqtisodiyoti prognozdan ancha yuqori sur’atda – 7.6 foizga o‘sdi. Sanoat hajmi 6.8 foiz, qurilish – 14.2 foiz, xizmatlar – 14 foiz, qishloq xo‘jaligi – 4.1 foizga oshdi.

 

“Eng muhimi, erishilgan natijalar aholi farovonligini oshirishga xizmat qilyapti” – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalarida to‘plangan qoldiqning yarmini alohida jamg‘armaga o‘tkazish va ushbu mablag‘larni maktablar qurilishiga va tibbiyotga yo‘naltirish topshirildi.

 

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalardan kelib chiqib, 2026-yilgi Davlat budjeti loyihasining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.