Direktor jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibini amaliyotga joriy etish sxemasiga oʻzgartirish kiritildi

Direktor jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibini amaliyotga joriy etish sxemasiga oʻzgartirish kiritildi

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 662-sonli qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 823-sonli qaroriga ayrim oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

 

Xususan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibini amaliyotga joriy etish sxemasining ayrim qismlari oʻzgartirildi.

 

 

Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Bajarish muddatlari
1-bosqich Maktab Maktab pedagogik kengash qarori, direktorning buyrugʻi bilan umumtaʼlim muassasalari xodimlariga har oylik ustamalar belgilash, mukofotlash va ularga moddiy yordam berish boʻyicha maktab huzurida Ishchi guruh tasdiqlanadi. Doimo, har yangi oʻquv yili boshlangunga qadar
2-bosqich Ishchi guruh 1. Maktabda faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchilar hamda kutubxona xodimlarini faoliyatini tasdiqlangan mezonlar asosida oʻrganib chiqib baholaydi va 10 foizdan 40 foizgacha bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Har yili 1-iyulga qadar
2. Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga ularning murojaatlari yoki kasaba uyushmasi qoʻmitasining tashabbusiga koʻra moddiy yordam belgilaydi. Mukofotlash lozim boʻlgan davrda murojaatga asosan
3-bosqich Maktab 1. Ishchi guruhning qarorlari ijrosini taʼminlash yuzasidan maktab direktorining buyrugʻi chiqariladi.

2. Umumtaʼlim muassasasining hammaga koʻrinadigan joydagi axborotlar stendi hamda maktabning internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida Ishchi guruhning qarori toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar muntazam ravishda eʼlon qilib boriladi.

Doimo
4-bosqich Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi Ishchi guruhning qarorlari asosida qabul qilingan maktab direktorining buyrugʻiga muvofiq umumtaʼlim muassasalari xodimlariga har oylik ustamalarni, mukofot va moddiy yordam pullarini toʻlab beradi. Doimo