Tyutorlar zimmasiga qanday huquq va majburiyatlar yuklatiladi?

Tyutorlar zimmasiga qanday huquq va majburiyatlar yuklatiladi?

Vazirlar Mahkamasining qarori 2025-yil 17-oktyabrdagi ‘‘Oliy taʼlim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida’’gi 656-son qarori tasdiqlandi.

 

 

Nizomga ko’ra, tyutorlarning ayrim huquq va majburiyatlari mavjud .

 

Tyutorlar quyidagi huquqlarga ega:

 

– davomat va o‘zlashtirishni monitoring qilib borish maqsadida o‘ziga biriktirilgan talabalarning darslarini kuzatish;

 

– talabalarning talabalar turar joyiga joylashishi va undan chiqarilishi hamda yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;

 

– talabalarga tavsifnoma va akademik ta’til berish masalasini hal etishda ishtirok etish, fakultetda (oliy maktabda) talabalar haqidagi mavjud ma’lumotlardan xizmat faoliyati doirasida foydalanish;

 

– talabalar bilimining baholanishini kuzatish.

 

 

Tyutorlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

 

 

Tyutorlar mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan ishlar bilan bir qatorda, asosiy ishidan bo‘sh vaqtida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘rindoshlik asosida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin.

 

Quyidagilar tyutorlarning majburiyatlari hisoblanadi:

 

– talabalarning odob-axloq kodeksi va ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini kundalik nazorat qilish;

 

– talabalarning sha’ni, qadr-qimmati va obro‘sini hurmat qilish, ular haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor qilmaslik;

 

– talabalar va ularning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni oliy ta’lim tashkiloti nizomi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksi, talabalar turar joyidan foydalanish qoidalari va ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtirish;

 

– talabalar bilan bog‘liq favqulodda muammoli vaziyatlar yuzasidan zudlik bilan fakultet (oliy maktab) dekani va boshqa mas’ullarga axborot berish.

 

 

Tyutorlar zimmasiga qonunchilik hujjatlariga mubofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.