Tyutorlar zimmasiga qanday huquq va majburiyatlar yuklatiladi?

Tyutorlar zimmasiga qanday huquq va majburiyatlar yuklatiladi?

Vazirlar Mahkamasining qarori 2025-yil 17-oktyabrdagi ‘‘Oliy taʼlim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida’’gi 656-son qarori tasdiqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nizomga ko’ra, tyutorlarning ayrim huquq va majburiyatlari mavjud .⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tyutorlar quyidagi huquqlarga ega:

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– davomat va o‘zlashtirishni monitoring qilib borish maqsadida o‘ziga biriktirilgan talabalarning darslarini kuzatish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– talabalarning talabalar turar joyiga joylashishi va undan chiqarilishi hamda yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– talabalarga tavsifnoma va akademik ta’til berish masalasini hal etishda ishtirok etish, fakultetda (oliy maktabda) talabalar haqidagi mavjud ma’lumotlardan xizmat faoliyati doirasida foydalanish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– talabalar bilimining baholanishini kuzatish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tyutorlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tyutorlar mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan ishlar bilan bir qatorda, asosiy ishidan bo‘sh vaqtida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘rindoshlik asosida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Quyidagilar tyutorlarning majburiyatlari hisoblanadi:

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– talabalarning odob-axloq kodeksi va ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini kundalik nazorat qilish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– talabalarning sha’ni, qadr-qimmati va obro‘sini hurmat qilish, ular haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor qilmaslik;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– talabalar va ularning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni oliy ta’lim tashkiloti nizomi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksi, talabalar turar joyidan foydalanish qoidalari va ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtirish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– talabalar bilan bog‘liq favqulodda muammoli vaziyatlar yuzasidan zudlik bilan fakultet (oliy maktab) dekani va boshqa mas’ullarga axborot berish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tyutorlar zimmasiga qonunchilik hujjatlariga mubofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠