Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi 264 son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, ayni paytda oʻtkazilayotgan malaka toifa (test) sinovlari natijalari “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqichi — saralash sinovi sifatida ham hisoblanadi.
Bunda agar pedagogning maʼlumotlari tanlovda ishtirok etish talablariga mos kelgan taqdirda:
– qatnashuvchi pedagog (qayd etilgan sinov natijalariga koʻra) umumtaʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzod sifatida inobatga olinadi.
Birinchi bosqichda — nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti boʻyicha nazariy bilimlari baholanadi.
Malaka sinovlarida beriladigan 50 ta test topshirigʻi quyidagi tartibda baholanadi:
– mutaxassislik fanidan (35 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 3,1 ball (35*3,1=108,5 ball);
– pedagogik mahorati uchun (10 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 2,1 ball (10*2,1= 21 ball);
– kasb standarti uchun (5 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 1,1 ball (5*1,1=5,5 ball) beriladi.
Test sinovi hamda “Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzod sifatida inobatga olingan natijalaringiz tegishli tartibda shakllantirilib pedagog.uzedu.uz portalidagi shaxsiy kabinetingizga yuboriladi.
Bundan tashqari, pedagoglar sinovni yakunlagan zahoti oʻz natijalari bilan bevosita test tizimi ekranida tanishish imkoniga ega.
