“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari ma’lum qilindi

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari ma’lum qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Unda vazir o‘rinbosari Farhod Boqiyev, mas’ullar va ustozlar ishtirok etgan.

 

 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘zbek tili yo‘nalishida:

 

 

– Namangan viloyati Uychi tumani 6-maktab o‘qituvchisi Abdulazizova Adibaxon — 1-o‘rinni,

 

– Andijon viloyati, Ulug‘nor tumani, 5-maktab o‘qituvchisi Murodullayeva Xurshidaxon – 2-o‘rinni,

 

– Samarqand viloyati, Samarqand shahar 81-maktab Altibayeva Shaxnoza – 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Ona tili yo‘nalishida:

 

– Namangan viloyati Uchkurg‘on tumani, 37-maktab o‘qituvchisi O‘ktamov Nuriddin — 1-o‘rinni;

 

– Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar, 32 maktab o‘qituvchisi Xo‘jayeva Feruza — 2-o‘rinni;

 

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani 47-maktab o‘qituvchisi Yusupova Iqbol – 3-o‘rinni egallagan.

 

 

Ma’lumot o‘rnida: respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra:

 

 

1-o‘rin g‘oliblari “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi va 20 mln. so‘m pul mukofoti;

 

2-o‘rin g‘oliblari “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, monoblok;

 

3-o‘rin g‘oliblari “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, noutbuk bilan taqdirlandi.