Xabaringiz bor, bugundan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida bir vaqtda malaka toifa sinovlari boshlandi.
Mazkur sinovlarda qatnashishi belgilangan hamda koʻrishida nuqsoni boʻlgan (bu haqida maxsus guvohnomasi mavjud) pedagoglarning murojaatlari asosida hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida ushbu pedagoglar uchun barcha fanlar boʻyicha test sinovlari:
➖ 2025-yil 12-noyabr kuni soat 14:00 da (bir kunda) oʻtkaziladi.
Pedagoglar sinovlarga oʻzlariga biriktirilgan yordamchilari bilan, shuningdek tasdiqlovchi hujjatlari va guvohnomalari bilan kelishlari shart.
