Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida maktabga futbolka kiyib borgan o‘quvchini o‘qituvchi urib, yelkasini sindirgani haqida xabar tarqaldi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirib, nazoratga olinganini ma’lum qildi. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda voqea tafsilotlari o‘rganilib, rasmiy ma’lumot berilishi ta’kidlandi.
“Ta’lim muassasalarida bolalarning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi — boshqarma faoliyatining doimiy ustuvor yo‘nalishidir”, deyiladi xabarda.
