Qashqadaryoda o‘qituvchi o‘z ayoli va kelinini pichoqlab o‘ldirgani aytilmoqda (video)

Qashqadaryoda o‘qituvchi o‘z ayoli va kelinini pichoqlab o‘ldirgani aytilmoqda (video)

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida joriy yilning 12-oktyabr kuni o‘qituvchi o‘z rafiqasi va kelinini pichoqlagani natijasida ikkisi ham vafot etgan. Bu haqda ‘‘Millar’’ dasturida ma’lum qilindi.

 

 

Unga ko’ra, gumonlanuvchi erkak maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

 

 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning so‘ziga ko’ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

‘‘Mazkur holat bo‘yicha joriy yil 12-oktyabr kuni Jinoyat Kodeksining 97-moddasi bilan (qasddan odam o‘ldirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda qo‘lga olingan.

Tergov harakatlari davom etmoqda’’.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish