Rus, qirgʻiz, qozoq, tojik tili hamda turkman tili va adabiyoti fanlaridan toifa sinovlari 21-oktyabr kuni o‘tkaziladi

Rus, qirgʻiz, qozoq, tojik tili hamda turkman tili va adabiyoti fanlaridan toifa sinovlari 21-oktyabr kuni o‘tkaziladi

Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi.

 

 

Unga koʻra: 

 

 

➖Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti fanlaridan –
21-oktyabr kuni (1 kun);

 

➖ Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 22-oktyabr kuni (1 kun);

 

➖ Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 23-oktyabr kuni (1 kun);

 

➖ Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist (direktor oʻrinbosari), Oʻqituvchi-defektolog (MTT), Oʻqituvchi-logoped (MTT), Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixolog (MTT), Ingliz tili (maktabgacha), Nemis tili (maktabgacha) Fransuz tili (maktabgacha) fanlaridan — 24-oktyabr kuni (1 kun);

 

➖ Jismoniy tarbiya, Musiqa madaniyati fanlaridan— 25-oktyabr kuni (1 kun);

 

➖ Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan — 27-oktyabr kuni (1 kun);

 

➖Ona tili va adabiyot, Oʻzbek tili (Davlat tili) fanlaridan — 28-29-oktyabr kunlari (2 kun);

 

➖ Kimyo, Fizika fanlaridan — 29-oktyabr (1 kun);

 

➖ Ingliz tili fanidan — 30-31-oktyabr kunlari (2 kun);

 

➖ Tasviriy sanʼat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi — qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʻnalishi — oʻgʻil bolalar uchun), Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlaridan — 1-noyabr kuni (1 kun);

 

➖Boshlangʻich taʼlimdan — 3-7-noyabr kunlari (5 kun);

 

➖Fransuz tili, Nemis tili, Koreys tili, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan va Psixologlar (maktab), Logoped-pedagoglar (maktab), Defektolog-pedagoglar (maktab) uchun— 7-noyabr kuni (1 kun);

 

➖ Madaniyat vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun – 8-noyabr (1 kun);

 

➖ Matematika fanidan – 10-11-noyabr kunlari (2 kun);

 

➖ Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 11-12-noyabr kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari oʻtkaziladi.

 

 

Sinov jarayonlari oʻtkazilish manzillari 

 

 

Eslatma: Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining olib kelishlari soʻraladi.