Oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan chiqarib yuborish yoki kiritmaslik mumkinmi?

Oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan chiqarib yuborish yoki kiritmaslik mumkinmi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 282-sonli buyrugʻida mazkur meʼyorlar belgilangan.

 

 

Pedagog va xodimlarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:

 

 

 

–  jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zoʻravonlik koʻrsatish;

 

– oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;

 

– “Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;

 

– dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish;

 

– taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan holda kelish;

 

– taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish;

 

– muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;

 

– taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish