Milliy va chet tili sertifikatlarining imtihon sanalari bugun e’lon qilinishi rejalashtirilgan

Milliy va chet tili sertifikatlarining imtihon sanalari bugun e’lon qilinishi rejalashtirilgan

Chet tili va milliy sertifikat imtihonlarining yakuniy jadvali bugun e’lon qilinishi kutilmoqda. Unda imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish, to‘lov qilish, test sinovlarini o‘tkazish va natijalarni e’lon qilish muddatlari ko‘rsatiladi.

 

2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili va milliy sertifikat imtihonlarining yakuniy sanalari bugun e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligining matbuot xizmati Talimxabarlari.uzga ma’lum qildi.

 

Bugun e’lon qilinishi kutilayotgan jadvalda imtihonlar uchun ro‘yxatga olish, to‘lov qilish, test o‘tkazish va yakuniy natijalarni e’lon qilish sanalari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Talabgorlar imtihonning qaysi tilda o‘tkazilishi haqida ham ushbu jadval orqali xabardor bo‘lishlari mumkin.

 

Imtihonlar sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

 

Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

 

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

 

Avvalroq milliy sertifikat bilan oʻqishga kirgan talabalarning qariyb 60 foizi aʼlo baholarga oʻqiyotgani aytilgan edi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sardor Rajabovning ma’lum qilishicha, joriy yilda milliy sertifikat orqali maksimal ball olgan abituriyentlar hisobiga kirish imtihonlarida ballar avvalgi yillarga nisbatan ancha baland boʻlgan. 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish