Xorijiy va nodavlat OTMlarning davlat granti uchun 2025-yil 11-oktyabr (shanba) kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon ruxsatnomalari e’lon qilingandi.
Talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.
Ruxsatnomada test o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan. Talabgorlardan belgilangan vaqtda kelish so‘raladi.
11-oktyabr kuni test sinovi bitta smenada o‘tkaziladi. Binoga kirish faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) orqali amalga oshiriladi.
1-smena uchun kirish vaqti: 7:30 dan 8:30 gacha. Soat 8:30 dan keyin kelganlar test sinoviga kiritilmaydi.
Imtihon binosiga ortiqcha buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat va shaxsiy buyumlar) olib kirish taqiqlanadi.
