Xorijiy va nodavlat OTMlarning davlat granti uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarning davlat granti uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarning davlat granti uchun  2025-yil 11-oktabr (shanba) kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon ruxsatnomalari e’lon qilindi.

 

 

Talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.

 

 

Ruxsatnomada test o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan. Talabgorlardan belgilangan vaqtda kelish so‘raladi.

 

 

11-oktabr kuni test sinovi bitta smenada o‘tkaziladi. Binoga kirish faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) orqali amalga oshiriladi.

 

 

1-smena uchun kirish vaqti: 7:30 dan 8:30 gacha. Soat 8:30 dan keyin kelganlar test sinoviga kiritilmaydi.

 

 

Imtihon binosiga ortiqcha buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat va shaxsiy buyumlar) olib kirish taqiqlanadi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish