Yaponiya davlati bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida ta’lim olishni istagan xalqaro talabalar uchun Rotary Yonayema Scholarship stipendiya dasturini e’lon qildi. Dastur global miqyosda akademik almashinuvni rivojlantirish, yoshlarni madaniyatlararo muloqotga jalb qilish va Yaponiyaning ilg‘or ta’lim tizimidan foydalanish imkonini berishga qaratilgan.
Ushbu stipendiya talabalarga o‘qish muddati davomida oylik stipendiya tarzida moliyaviy yordamni taqdim etadi. Shuningdek, yo‘l va ichki sayohat xarajatlari, hamda Yaponiyaga birinchi marta yetib kelganda turar joy xarajatlari ham qoplanadi.
Stipendiya muddati: 2 yil (o‘qish davomiyligi bilan mos ravishda).
Dastur maqsadi — talabalarga o‘z vatani bilan Yaponiya o‘rtasida madaniy va ilmiy ko‘prik bo‘lish imkonini yaratish. Dastur haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.
Ishtirok etish shartlari:
– 1981-yil 2-apreldan keyin tug‘ilgan bo‘lishi (ariza topshirish vaqtida 45 yoshdan katta bo‘lmasligi);
– dasturga ariza berishdan avval Yaponiya universitetiga hujjat topshirgan bo‘lishi;
– yapon tilini JLPT N4 (boshlang‘ich) darajasida bilishi;
– o‘qishga kuchli ishtiyoq va aniq maqsadga ega bo‘lishi;
– o‘z fikrini aniq ifoda eta olish va erkin muloqot qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
– jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi;
– shu turdagi boshqa xalqaro stipendiyani olayotgan nomzodlar dasturda ishtirok eta olmaydi.
Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dastur imtiyozlari:
– bakalavr talabalari uchun: oyiga 100 000 yen (~$655);
– magistratura va doktorantura talabalari uchun: oyiga 140 000 yen (~$917);
– yo‘l xarajatlari (ekonom klass), Yaponiyadagi ichki sayohatlar va birinchi kunlik turar joy xarajatlari to‘liq qoplanadi;
– Yaponiyaga yetib kelish uchun qo‘shimcha 250 000 yen (~$1 638) miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Dastur imtiyozlari haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali o‘qish mumkin.
Hujjat topshirish tartibi
Arizalar onlayn shaklda topshiriladi (havola orqali).
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
– to‘ldirilgan ariza shakli;
– Yaponiya universitetiga topshirilgan ariza nusxasi;
– tadqiqot rejasi (ko‘rsatmalarga muvofiq savollarga javob shaklida);
– “Yaponiyada o‘qishdan maqsad” mavzusida insho;
– tavsiyanoma;
– yapon tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (ixtiyoriy);
– Yaponiya universitetiga qabul qilinganlik haqida ma’lumotnoma.
Dasturga ariza topshirishdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishish shart. Barcha hujjatlar ingliz yoki yapon tilida to‘ldirilishi kerak.
Dasturga hujjatlar 2025-yil 1-oktyabr sanasidan 2025-yil 31-oktyabrga qadar qabul qilinadi. G’oliblarning natijalari 2026-yil mart oyida e’lon qilinadi.
Qabul qilinganlik bo‘yicha bildirishnomalar nomzodlarning elektron manziliga 2026-yil mart oyining oxirida yuboriladi.
Rasmiy sahifada keltirilgan onlayn arizani to’ldirish lozim.
