Kontraktni 4 qismga bo’lib to’lash mumkin: shartlari va muddatlari haqida batafsil

Kontraktni 4 qismga bo’lib to’lash mumkin: shartlari va muddatlari haqida batafsil

Har yili toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan talabalarga kontrakt toʻlovlarini bir yil davomida 4 qismga boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi. Bunda kontraktning 25 foizi 30-oktyabrgacha toʻlanishi kerak.

 

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, yangi oʻquv yilida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini toʻlash muddati belgilanadi.

 

OTM talabalariga oʻqish uchun yillik toʻlovning toʻliq miqdorini teng ulushlarda 4 qismga boʻlib toʻlash yoʻli bilan oʻtkazishga ruxsat berilgan. Bunda muddatlar quyidagicha:

 

25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 30-oktyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha (2025-2026-oʻquv yilida. Joriy yilda ushbu sanalarda oʻzgarishlar boʻlishi mumkin)

 

50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha;

 

75% qismini — 2025-yil 1-martgacha;

 

100% qismini — 2025-yil 1-maygacha.

 

Joriy yilda birinchi kursga qabul qilingan talabalar va yuqori kurs talabalari kontrakt to’lovi uchun kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza yuboradi.

 

Muhim! Toʻlov muddatlari uzaytirilishi yoki oʻzgarishlar boʻlishi mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni oʻzi belgilaydi.

 

Bundan tashqari, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari va nodavlat oliygohlar kontrakt narxlari va toʻlash muddatlarini mustaqil tarzda belgilaydi.

 

Eslatma! Boʻlib toʻlash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda oʻqimoqchi boʻlgan abituriyentlardan dastlab 50% toʻlovni amalga oshirish talab etiladi. Shundan keyin kontraktning qolgani miqdorini umumiy tartib asosida boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish