Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 8-sentyabrdagi ‘‘2025-2026-o‘quv yilida umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’qituvchilari uchun ‘‘Kasbiy rivojlanish kuni’’ va ‘‘Kasbiy rivojlanish soati’’ tadbirlarining o’quv reja va dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida’’ gi 336-son buyrug‘i qabul qilindi.
Unga ko’ra, 2025-2026-o’quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o’qituvchilari uchun ‘‘Kasbiy rivojlanish kuni’’ va ‘‘Kasbiy rivojlanish soati’’ tadbirlari Ijtimoiy (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya), Filologiya (ona tili va adabiyot, o’zbek tili, rus tili), Tabiiy va iqtisodiy (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan (Science), Aniq (matematika, informatika va axborot texnologiyalari), Amaliy (tasviriy san’at va chizmachilik, texnologiya) fanlar, Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz) hamda Boshlang’ich ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tashkil etiladi.
Ishtirokchilar sonidan kelib chiqib hamda o’qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida nemis va fransuz tili yo’nalishlari uchun ‘‘Kasbiy rivojlanish kuni’’ o’quv mashg’ulotlarini masofaviy ta’lim shaklida o’tkazishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi ‘‘Umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’qituvchilari uchun ‘‘Kasbiy rivojlanish kuni’’ va ‘‘Kasbiy rivojlanish soati’’ tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida’’gi 246-sonli buyrug‘ining 6-ilovasi o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblanadi.
MMTV ning 336-son buyrug‘i va ilovalari — Fayllarni yuklash
