Endi TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari ishga qabul qilishda imtiyoz bermaydi

Endi TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari ishga qabul qilishda imtiyoz bermaydi

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror imzolandi.

 

 

Unga ko’ra, Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL) hamda Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari xorijiy tillar o‘qituvchilarini ishga qabul qilish jarayonida inobatga olinmaydi.

 

 

Qarorning 3-bobida Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim uchun quyidagi sertifikatlar qo‘shilgan.

 

 

Ushbu bobda imtiyozlar taqdim etilishi ikki qismga ajratilgan.

 

 

1. Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim uchun;

 

2. Oliy taʼlim uchun.

 

 

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi lozim.

 

Endi TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari ishga qabul qilishda imtiyoz bermaydi

 

3-bobda keltirilgan xorijiy tilni bilish darajasini baholovchi sertifikatlar nazarga tutilgan.

 

 

Maʼlumot uchun: 3-bob. Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimiga xorijiy til boʻyicha ishga qabul qilishda hamda maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda foydalaniladi.

 

 

Barcha Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur.

 

 

Endilikda instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi tasdiqlanmagan TESOL, TEFL, TESL sertifikatlariga imtiyoz taqdim etilmaydi. Shu sababli amaliyotni bo‘lishiga e’tibor qarating.

 

 

4-bobida quyidagi sertifikatlar qo‘shilgan.

 

Endi TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari ishga qabul qilishda imtiyoz bermaydi

Maʼlumot uchun: Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro`yxatini ifodalaydi.