Avvalroq, Toshkentda maktab o’quvchilari uchun Amerika avtobuslari dizayniga o’xshash bo’lgan, sariq rangli avtobuslar xizmati yo’lga qo’yilishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu sariq avtobuslar yordamida bolalar uydan to’g’ridan-to’g’ri olib ketiladi, maktabga olib boriladi va darsdan keyin o’z uylariga qaytarib olib kelinadi.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda ushbu avtobuslar Toshkent va Navoiy viloyatida harakatlanmoqda.
Lekin hozircha avtobuslar aynan qaysi davlat yoki nodavlat maktabi uchun olib kelingani ma’lum qilinmagan.
