Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra quyidagi talabaga akademik ta’til holatlarda talabaga akademik ta’til beriladi:
– harbiy xizmatni o‘tash uchun;
– salomatligini tiklash uchun;
– homiladorlik va tug‘ish uchun;
– bolalarni parvarish qilish uchun akademik ta’til beriladi.
Ushbu nizom 3-bandiga ko‘ra akademik ta’til yuqoridagi asoslardan biri mavjud bo‘lganda o‘quv yilining har qanday qismida beriladi.
Shunday ekan talabadagi holat yuqoridagi bandlarga to‘g‘ri kelsa unga 1-semestrda bo‘lsa ham akademik ta’til berish mumkin. Bu masalada talaba tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.
Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.
