World Fellows Program — bu AQShning nufuzli Yale universiteti tomonidan tashkil etilgan professional rivojlanish dasturi boʻlib, 5 yildan 25 yilgacha ish tajribasiga ega mutaxassislar uchun moʻljallangan. Dastur qatnashchilardan ingliz tilini bemalol tushunish va darslarda faol ishtirok etish darajasida bilish talab qilinadi, biroq til sertifikati shart emas. Yosh chegarasi belgilanmagan.
Dastur mazmuni
Ishtirokchilar Yale universitetida 4 oy davomida kunlik mashgʻulotlarga jalb qilinadilar. Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– seminarlar va maxsus sessiyalar;
– universitet darslarida ishtirok etish;
– taqdimotlar va mashhur notiqlar bilan uchrashuvlar;
– talabalar bilan muloqotlar va kechki dasturlar;
– tashkillashtirilgan sayohatlar.
Dastur magistratura yoki doktorantura emas, balki professional rivojlanish dasturi hisoblanadi. Shu sababli ishtirokchilarga akademik diplom yoki sertifikat taqdim etilmaydi.
Arizalar 2025-yil 3-dekabrga qadar qabul qilinadi.
Maqbullik shartlari
Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
– professional faoliyatini boshlaganiga 5–25 yil boʻlishi;
– hududiy, milliy yoki xalqaro miqyosda ijobiy taʼsir koʻrsata olishi;
– noodatiy yutuqlarga erishgan boʻlishi va jamiyatga foyda keltirganini namoyish etishi;
– karyerasi istiqbolli, global taʼsir kuchiga ega boʻlishi;
– tanqidiy, ijodiy, strategik va tadbirkorlik fikrlash qobiliyatiga ega boʻlishi;
– AQSh fuqarosi boʻlmasligi;
– ingliz tilini bemalol tushunishi (sertifikat talab qilinmaydi);
– dastur davomida (avgust oʻrtasidan dekabr oʻrtasigacha) Nyu Hevenda yashashi va mashgʻulotlarda toʻliq qatnashishi.
Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Eslatma: Hozirda magistratura yoki doktorantura bosqichida oʻqiyotgan talabalar dasturga ariza topshira olmaydi.
Foydali tomonlari
Dastur ishtirokchilari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:
– Nyu Hevenda yashash xarajatlarini qoplash uchun mablagʻ;
– shinam, jihozlangan 1 yoki 2 xonali yotoqxona;
– tibbiy sugʻurta;
– AQShga kelish va qaytish aviachiptalari;
– oila aʼzolari bilan tashrif buyurish va ular uchun yordam olish imkoniyati.
Ariza topshirish tartibi:
Arizalar faqat onlayn tarzda qabul qilinadi va toʻlovsiz.
Ariza shaklini muddat tugaguniga qadar tahrirlash yoki qoʻshimcha hujjatlar yuklash mumkin.
Yuklanishi kerak boʻlgan hujjatlar:
– rezyume (CV) — 3 betgacha;
– nomzod haqidagi esse (1000 soʻzgacha);
– 3 ta tavsiyanoma;
– qisqa tanishtiruv videosi (ixtiyoriy).
Ariza topshirish bosqichlari:
1. E-mail va ism-sharif kiritiladi.
2. Elektron pochtaga yuborilgan PIN-kod tasdiqlanadi.
3. Shaxsiy akkaunt uchun parol yaratiladi.
Dasturga ariza topshirish jarayoni haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.
Dastur natijalari 2026-yil aprel oxirigacha e-mail orqali maʼlum qilinadi. Oʻqish esa avgust oʻrtasidan dekabr oʻrtasigacha davom etadi.
Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayonida muammolar yuzaga kelgan taqdirda ushbu havola orqali javob topish mumkin.
Dastur boʻyicha qoʻshimcha savollar tugʻilgan taqdirda ushbu havola orqali savollarni yozib qoldirish mumkin.
Yale universiteti haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni ushbu havola orqali topish mumkin.
Nyu Haven shahri haqida ushbu havola orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin.
