Kollej va texnikumlarda o‘qiyotgan qizlar toʻliq davlat granti asosida taʼlim olishlari mumkin

Kollej va texnikumlarda o‘qiyotgan qizlar toʻliq davlat granti asosida taʼlim olishlari mumkin

 

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-sentyabrdagi 516-son qaroriga muvofiq, kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal qishloq xoʻjaligi sohalarida taʼlim olayotgan qizlar toʻliq davlat granti asosida taʼlim olishlari mumkin.

 

 

Buning uchun talabgor 10-oktyabrga qadar kollej (texnikum) direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

 

 

Kollej (texnikum) direktori 3 ish kunida arizalarni koʻrib chiqadi va umumlashtirib, hududiy boʻlinmalarga taqdim etadi.

 

 

Hududiy boʻlinmalar umumlashtirilgan maʼlumotlarni 15-oktyabrga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.

 

 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 20-oktyabrga qadar umumlashtirilgan xotin qizlarning yakuniy roʻyxatini shakllantiradi va tizimida kollej (texnikum) boʻlgan vazirlik va idoralarga yuboradi.

 

 

Tizimida kollej (texnikum) boʻlgan vazirlik va idoralar 25-oktyabrga qadar xotin-qizlarni davlat granti asosida taʼlim olishlari uchun mablagʻ ajratish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qiladi.

 

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 ish kunida murojaatlar asosida grant uchun mablagʻ ajratadi.