Markaziy Yevropa universitetida bepul magistratura ta’limi va stipendiya olish imkoniyati — CEU Master’s Scholarships dasturi

Markaziy Yevropa universitetida bepul magistratura ta’limi va stipendiya olish imkoniyati — CEU Master’s Scholarships dasturi

Central European University (CEU) — Yevropaning markazida, Vena va Budapesht shaharlarida joylashgan nufuzli oliy ta’lim muassasasi. Universitet magistratura bosqichida tahsil olishni istagan talabalar uchun turli grant dasturlarini taqdim etadi. Nomzodlar o‘z bilim va salohiyatiga qarab turli imtiyozlar hamda moliyaviy qo‘llovlarga ega bo‘lishlari mumkin.

 

 

Imkoniyatlar:

 

– tanlangan magistratura yo‘nalishlari uchun to‘lov-kontraktdan to‘liq ozod etiladi;

 

– talabalar tibbiy sug‘urtaga ega bo‘ladilar;

 

– akademik ko‘rsatkichlariga qarab oyiga 300 yevrodan 1000 yevrogacha stipendiya beriladi.

 

Qabul shartlari:

 

Dasturda ishtirok etish uchun nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak:

 

 

– bakalavr bosqichini yakunlagan yoki dasturni boshlash vaqtiga qadar bitirayotgan bo‘lishi;

 

– ingliz tilini yaxshi bilishi (kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL 88);

 

– hozirda boshqa oliy ta’lim muassasasida magistr sifatida o‘qimayotgan bo‘lishi.

 

Talablar tanlangan yo‘nalishga qarab o‘zgarishi mumkin.

 

Dastur afzalliklari:

 

CEU grantiga qabul qilingan talabalar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:

 

– o‘qish to‘lovi to‘liq qoplanadi;

 

– tibbiy sug‘urta taqdim etiladi;

 

– yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi:

 

CEU Master’s Excellence Scholarship — 1000 yevro;

 

CEU Master’s Distinction Scholarship — 750 yevro;

 

CEU Master’s Scholarship — 500 yevro;

 

CEU Master’s Partial Scholarship — 300 yevro.

 

Ariza topshirish tartibi

 

Alohida grant arizasi talab qilinmaydi. Magistratura dasturiga onlayn ariza topshirishda grantga ham nomzodlik ko‘rsatiladi.

 

 

Nomzodlar 5 tagacha yo‘nalishga ariza topshirishi mumkin. Ariza topshirish to‘lovi — 30 yevro.

 

Kerakli hujjatlar:

 

Academic Writing Submission(s), yaʼni akademik yozma ish. Bunda nomzod oʻzi tanlagan yoʻnalish boʻyicha akademik essay (insho), research proposal (tadqiqot taklifi) yoki statement of purpose (oʻqish maqsadi aks etgan maʼlumotnoma) kabilardan birini yozishlari kerak boʻladi. Akademik yozma ish yozish talablari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin;

 

 

Letters of Recommendation, yaʼni tavsiyanoma. Bunda nomzod uchun 2 ta tavsiyanoma berilishi kerak. Tavsiyanoma ariza topshirish jarayonidan koʻpi bilan bir hafta oldin yozilgan boʻlishi lozim;

 

 

Academic Records, yaʼni akademik koʻrsatkichlari aks etgan hujjat. Bunda nomzodlar bakalavr diplomi va baholarini taqdim etishlari kerak;

 

 

Curriculum Vitae or Resume, yaʼni nomzod haqida maʼlumot aks etgan tarjimayi hol;

 

 

Proof of English Proficiency, til bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat. Kamida IELTS 6,5/ TOEFL 88;

 

 

Standard Test Scores (GRE, GMAT, etc.). Bunda baʼzi yoʻnalishlar uchun ushbu sertifikatlar talab qilinishi mumkin;

 

 

Completed CEU Application Form, toʻldirilgan ariza shakli.

 

 

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi va hajmi 2 MB dan oshmasligi kerak. Hujjatlarga qoʻyilgan talablar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

 

Qo‘shimcha jarayonlar:

 

Ayrim fakultetlar qo‘shimcha test yoki intervyu o‘tkazishi mumkin.

 

Qabul natijalari ariza topshirilgandan keyin 3–6 hafta ichida e’lon qilinadi.